Yer aylanişi Xalqaro xizmati mutaxassislari (IERS) 2016 yil 31 dekabrining sönggi daqiqasiga qöşimça soniya qöşişadi. Bu haqda xizmat özining rasmiy saytida xabar bergan.

Muvofiqlaştiruvçi soniya UTC (butunjahon vaqtni muvofiqlaştiriş) vaqtini özaro moslaş uçun kiritilmoqda. Yer aylanişi tezligining sekinlaşişi sabab umumiy qabul qilingan standartdagi sutkalar davomiyligi va quyoşli sutkalarning haqiqiy davomiyligi ortib bormoqda.

"Ijobiy muvofiqlaştiruvçi soniya 2016 yil dekabri oxirida kiritiladi. UTC böyiça soniyalardagi sanalar ketma-ketligi quyidagiça köriniş oladi: 31 dekabr 2016, 23.59.59; 31 dekabr 2016, 23.59.60; 1 yanvar 2017, 0.00.00", - deyiladi IERS xabarida.

Bunday soniyalar dekabr yoki iyun oxirida kiritilişi mumkin. Xizmat har yarim yilda qaror qabul qilib, bu haqdagi ma'lumotni öz saytida çop etadi.

Olimlar sönggi bir neça ön yilliklar davomida har yilga bir soniyadan qöşib borişmoqda. Ularning taxminiça, Yer aylanişi tezligi özgarişsiz qolsa, har yili qöşib boriluvçi soniyalar miqdori ham oşib boradi. Masalan, XXII asrda har bir yilga bir emas, balki ikki soniya qöşiladi.