O‘zbekiston | 15:24 / 31.12.2016
10316
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Germaniya hukumatlari yangi bitimni imzoladi

2016 yilning 31 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida “Ekotizimli yondashuv asosida yerdan foydalanish va Amudaryo quyi oqimida ekotizimni saqlash” loyihasini amalga oshirish maqsadida texnik hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Bitim GFR Hukumatining O‘zbekistonga texnik ko‘mak ko‘rsatishini nazarda tutib, uning maqsadi iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish chora-tadbirlariga ko‘maklashish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasida iqlimni himoya qilish va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish hisoblanadi.

Mazkur Bitimning 9-moddasiga binoan, hujjat 2016 yil 31 dekabrdan kuchga kirdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid