Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda tungi klubga hujum qilgan terrorchi yo‘q qilingan
2017 yilning birinchi kuniga o‘tar kechasi Istanbuldagi tungi klubga qurolli hujum uyushtirgan terrorchi maxsus xizmat xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgan. Bu haqda Turkiya hukumatidagi manbaga asoslangan holda Guardian gazetasi xabar yozgan.
Voqea joyidagi nashr muxbiri politsiyachilar klub joylashgan hududdagi xavfsizlikni nazoratga olishganini aytgan.
Shahardagi Reina klubiga Yangi yil bayrami nishonlanayotgan vaqtda hujum uyushtirilgan. Xabarlarga ko‘ra, hujum Santa-Klaus kiyimidagi terrorchi tomonidan uyushtirilgan. U Kalashnikov avtomatidan chor atrofga o‘t sochgan.
Shahar gubernatori Vasip Shahin hujum oqibatida 35 kishi halok bo‘lgani va 40 kishi jarohatlangani haqida aytgan.
Reina klubi Beshiktosh tumanida, Turkiyaning Osiyo qit'asidagi qismini Yevropadagi qism bilan bog‘lab turuvchi Bosfor bo‘g‘ozi ustidan o‘tgan ko‘prik yaqinida joylashgan.
Mavzuga oid
13:21 / 13.11.2024
Yevropa Ligasining «Makkabi» - «Beshiktosh» uchrashuvi Vengriyaga ko‘chirildi
12:16 / 28.01.2020
Abduqodir Masharipovning sherigiga 632 yillik ozodlikdan mahrum etish jazosi so‘raldi
09:30 / 01.02.2019
Shinji Kagava «Borussiya D»ni tark etdi
02:16 / 24.05.2018