Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyaçisi Şinji Kagava faoliyatini «Beşiktoş»da davom ettiradigan böldi.

Rasmiy e'longa köra, 29 yoşli yapon futbolçisi mavsum oxiriga qadar ijara asosida Istanbul klubi şarafini himoya qiladi.

Kagavaning «Monako»ga ötişi ham taxmin qilib kelinayotgan edi. «Borussiya» uşbu xavbek bilan xayrlaşişga qarşilik bildirmayotgan, çunki u boş murabbiy Lyusen Favrning rejalaridan örin olmayotgandi. Kagavaning özi ham ketiş istagini bildirgan.

Şinji bu mavsum Bundesliganing 2 öyinida maydonga tuşib, umumiy hisobda 98 daqiqa maydonda böldi. Avvalroq klubi uni 2-3 mln yevroga qöyib yuborişga rozi ekani haqida xabarlar bölgan.

Eslatib ötamiz, Kagava «MYu»dan 2014 yil yozida «Borussiya»ga qaytgan edi. U bunga qadar ham 2010-2012 yillarda dortmundliklar libosida töp surgan.