2017 yil Yangi yil keçasi Istanbuldagi Reina tungi klubida terakt sodir etgan Özbekiston fuqarosi Abduqodir Maşaripov işi böyiça sud jarayoni poyoniga yetmoqda. 

27 yanvardagi sud majlisida Turkiya prokurori söz olib, teraktga aloqadorlarga jazo muddatlari berilişini talab qildi. Jumladan, prokuror boş gumonlanuvçi Abduqodir Maşaripovga 40 ta umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazosi berilişini söradi.

Abduqodir Maşaripov

Şuningdek, uşbu iş böyiça ötayotgan yana bir gumonlanuvçi, teraktlar sodir etişga çaqirgan va ularni amalga oşirişda kömak körsatgan Ilyos Mamaşaripovga 632 yillik ozodlikdan mahrum etiş jazosi söraldi.

Turkiya prokurori, şuningdek, Abduqodir Maşaripovning ikki xotini - Zarina Maşaripova va Traora Tenaga 7,5 va 15 yillik qamoq jazolari berilişini söradi.  

Şu bilan birga, prokuror uşbu jinoiy iş doirasida hibsga olingan 11 gumonlanuvçini ularga nisbatan isbotlar yöqligi va qisman oqlanganlari sababli oqlanişini söragan.

Guvohlarning teraktni aynan Abduqodir Maşaripov sodir etganiga işora qiluvçi körsatmalariga qaramay, gumonlanuvçi öz aybini tan olişdan boş tortgan va terakt joyida tasodifan bölib qolganini ta'kidlagan.

Turkiya ommaviy axborot vositalarining xabar berişiça, uşbu iş böyiça keyingi sud majlisi 23 mart kuni bölib ötadi va unda barça aybdorlarga yakuniy hukm çiqariladi.

2017 yil 1 yanvarga ötar keçasi Istanbuldagi Reina tungi klubida Yangi yil nişonlanişi vaqtida qurollangan erkak otişma sodir etgan. Terakt oqibatida 39 kişi, jumladan 12 nafar turkiyalik va 27 nafar xorijlik halok bölgan, 69 kişi jarohat olgan. Uşbu terakt uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan. Teraktni sodir etişda gumon qilinib 1988 yilda tuğilgan özbekistonlik Abduqodir Maşaripov qölga olingan.