Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya prezidenti Iroqqa keldi
Fransiya prezidenti Fransua Olland dushanba kuni Iroq poytaxti Bag‘dod shahriga keldi. U bu yerda IShID bilan kurashuvchi xalqaro koalitsiya tarkibida ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar bilan uchrashadi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar bergan.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Fransiya prezidenti tashrif davomida bir qator yuqori lavozimli shaxslar bilan muzokaralar ham o‘tkazishi rejalashtirilgan.
IShID bugungi kunda dunyo xavfsizligi uchun eng katta tahdidlardan biri sanaladi. Terrorchilar uch yil davomida Iroq va Suriyaning katta hududlarini bosib olishdi. Ularning bir qismi esa so‘nggi oylarda qaytarib olingan. IShID bilan kurash bo‘yicha yagona front mavjud emas: jangarilar bilan Suriya hukumat qo‘shinlari Rossiya havo kuchlari ko‘magida, Iroq armiyasi, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya, shuningdek kurdlar, livanlik va iroqlik shialar ko‘ngillilari kurash olib bormoqda.
Mavzuga oid
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026
Iroqda Amerika samolyoti quladi
15:21 / 05.03.2026