Rossiya va Turkiya IShIDning Suriya shimolidagi pozitsiyalariga aviazarbalar berishdi
Turkiya va Rossiya bombardimonchi samolyotlari IShIDning Suriya shimolidagi pozitsiyalariga zarba berishdi. Bu haqda Reyter agentligi turk harbiylariga asosan xabar qilmoqda.
Xabarga ko‘ra, turk aviatsiya va artilleriyasi Suriyada so‘nggi sutka davomida IShIDning 22 jangarisini yo‘q qildi. Shuningdek, turk harbiylarining ma'lum qilishicha, Rossiya havo kuchlari IShIDning mamlakat shimolida joylashgan Al-Bob shahridagi bir necha nuqtalarini yo‘q qilgan.
Ma'lumot uchun, Vladimir Putin dekabr oxirida Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida xabar qilgandi. Unga ko‘ra uchta hujjat imzolandi: birinchisi – Suriya hukumati va qurollangan muxolifat o‘rtasida mamlakat hududida o‘t ochishni to‘xtatish, ikkinchisi – tinchlik kelishuvini nazorat qilish bo‘yicha choralar majmuasi, uchinchisi – Suriya mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish borasidagi muzokaralarga oid. Kelishuv “Jabhot an-Nusra” va IShID terrorchilik guruhlarini nazarda tutmaydi.
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
23:13 / 23.11.2024
Kreml yangi safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
18:44 / 23.11.2024