O‘zbekiston | 21:15 / 03.01.2017
203643
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston IIV rahbari o‘zgardi

O‘zbekiston hukumatida yana bir jiddiy o‘zgarish ro‘y berdi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Adham Ahmadboyev lavozimidan ketdi.

Ishonchli manbaning «Kun»ga ma'lum qilishicha, endilikda shu vaqtgacha Jizzax viloyati IIB boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Azizov Abdusalom Abdumavlonovich O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbarligiga tayinlangan.

Abdusalom Azizov

Adhamjon Ahmadboyev 2013 yilning dekabrida O‘zbekiston IIV rahbarligida Bahodir Matlubovning o‘rnini egallagandi.

Adhamjon Ahmadboyev

Endi u prezidentning huquq-tartibot organlari bo‘yicha davlat maslahatchisi sifatida ishlashda davom etadi.

Abdusalom Azizov 2006-2008 yillarda "O‘zneftmahsulot" bosh direktori, 2008-2009 yillarda Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, 2009-2016 yillarda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

U shuningdek, 2008 yilda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi vitse-prezidenti etib tayinlangani haqida ma'lumotlar bor.

Mavzuga oid