Jahon | 20:37 / 05.01.2017
20586
1 daqiqa o‘qiladi

Turk gazetasi istanbullik qotilni Obamaga qiyosladi

Foto: Twitter .com @yeniakit

Turkiyaning Yeni Akit gazetasi o‘z saytida va tvitterda AQSh prezidenti Barak Obamani Istanbuldagi tungi klubda otishma sodir etgan qotil rolida tasavvur qilgan kollajni chop etdi.

Suratda o‘ng tomonda Obamaning yuzi bilan almashtirilgan qotil tasviri, chap tomonda esa Obamaning odatdagi tasviri berilgan. Kollaj ostiga "Qotilning eng aniq surati" deb yozilgan. Saytdagi maqolada ijtimoiy tarmoqlarda Vashingtonning tungi klubda odamlarning otib tashlanishiga aloqadorligi muhokama qilinayotgani yozilgan.
 
Bu orada Turkiya hukumati istanbullik qotil xorijda yashirinayotgan bo‘lishi, uning aloqalari va taxminiy joyi o‘rnatilganini ma'lum qilgan. Qotil Yangi yil kechasi Reina tungi klubida odamlarni o‘qqa tutishi oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar yaralangan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid