Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Toshkentda yangi ko‘ngilochar bog‘ paydo bo‘ladi
Tarmoqda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida quriladigan yangi ko‘ngilochar bog‘ning loyihasi paydo bo‘ldi. U yerda turli-tuman attraksionlar o‘rnatilib, kartodrom qurish va yurtimiz hamda jahondagi diqqatga sazovor joylarning kichik nusxalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Yangi bog‘ Shayxontohur tumanidagi Halqa yo‘li, Beltepa va Jarariq ko‘chalari kesishmasida joylashadi (Ibn Sino mavzesi). Loyihaga ko‘ra, bog‘ boshqa ko‘ngilochar maskanlaridan ajralib turadi. Uning hududida savdo majmuasi va ovqatlanish shoxobchalari qurilib, yangi attraksionlar o‘rnatiladi. Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, bino va inshootlar qurilishida g‘ayrioddiy arxitektura g‘oyalaridan foydalanilgan. Shuningdek, loyihada bog‘da ko‘p miqdordagi daraxtlar ko‘chatlarini o‘tkazish rejalashtirilganini ham ko‘rish mumkin.


Ayni damda loyiha tasdiqlanish jarayonida va uning ochilish sanasi noma'lum. Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Toshkent saylovchilari bilan saylovoldi kampaniyasi vaqtidagi uchrashuvi chog‘ida poytaxtning turli tumanlarida sakkizta ko‘ngilochar bog‘ni qurish haqida aytib o‘tgan.



Mavzuga oid
11:35
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026