Jahon | 22:26 / 06.01.2017
6073
2 daqiqa o‘qiladi

Bolgariyada qor bo‘roni tufayli ikki kishi halok bo‘ldi

Bolgariyada yomon ob-havo sharoiti – qor yog‘ishi va kuchli shamol tufayli halok bo‘lganlar soni ikki kishini tashkil qilmoqda. Tog‘-qutqaruv xizmatining ma'lum qilishicha, peshinda qor ko‘chkisi ostida qolgan sayyoh halok bo‘lgan.  

Avvalroq Sandanski tumanidagi qishloqda 66 yoshli erkak sovqotishdan vafot etgandi.

Elektr uzatish liniyasidagi ko‘plab avariyalar tufayli 400 dan ko‘proq aholi punkti elektrsiz qolib ketgan. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida yo‘l harakati to‘silgan. Varna va Burgas tumanlaridagi "Xemus" va "Frakiya" bosh avtomagistrallari qor uyumlari sababli yopilgan.

Mamlakatning tabiiy ofat iskanjasida qolgan hududlarida 20 soatdan beri tinmay qor yog‘moqda, harorat pasayib ketgan, kuchli shamol yo‘llarda uyumlar hosil qilmoqda, yon-atrof ko‘rinishi nol darajada. 

Qora dengizdagi portlar yopilgan. Poyezdlar katta kechikish bilan harakatlanmoqda.

Mamlakatning 20 ta viloyatida qor yog‘ishi va kuchli shamol tufayli xavfli ob-havo hodisalarining zarg‘aldoq kodi e'lon qilingan, harorat pasaymoqda. Dengizda bo‘ron hukm surmoqda. Ob-havo mutaxassislari vaziyat faqat yakshanbagagina kelib biroz yaxshilanishini taxmin qilmoqdalar

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid