Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda xorijiy investitsion fondlar tashkil etishga ruxsat berildi
Xitoy aktivlarni boshqarish uyushmasi (AMAC) xorijlik aktivlarni boshqaruvchilarga mamlakatda mahalliy sho‘'ba korxonalar orqali investitsion fondlar ochishga imkon beruvchi qoidalarni chop etdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Shu tariqa, xorijiy fondlarning Xitoyda ishlashi uchun katta to‘siq bartaraf etildi.
Xorijiy aktivlarni boshqaruvchilarga faqatgina Xitoy tizimlari orqali savdo qilishga va ularning Xitoydagi va uning tashqarisidagi korxonalari bo‘lak holda bo‘lsagina ruxsat beriladi.
Yangi qoidalar Fidelity International Xitoyda investitsion mahsulotlarni ishga tushirgan birinchi boshqaruvchi kompaniya bo‘lgandan keyin paydo bo‘lgan.
AMAC qoidalariga ko‘ra, xorijiy boshqaruvchi kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lganlar xorijiy tizimlar va muassasalardan savdo ko‘rsatmalari olmasliklari kerak. Savdo terminallari Xitoyda o‘rnatilishi, bitim shaffof va oson kuzatiluvchi, savdo ma'lumotlari esa to‘liq va ularga egalik qilish mumkin bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026
Xitoy muvaffaqiyatli raketa parvozidan keyin uning busterini qaytarib oldi
11:50 / 10.07.2026