Light | 18:38 / 07.01.2017
13378
3 daqiqa o‘qiladi

Business Start – yosh tadbirkorlar uchun muvaffaqiyatga eltuvchi yangi yo‘l

Ko‘pgina talab va istaklarni o‘rganib chiqqan holda “Business Start – yosh tadbirkorlar maktabi”, O'zLiDeP partiyasining qo‘llab-quvvatlashi bilan O‘zbekiston bo‘ylab, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, va Toshkent shahrida o‘zining trening-seminarlarini tashkil qiladi. 

Spiker haqida 
Treningda “SHARQONA” MChJ direktori, “Business Start – yosh tadbirkorlar maktabi” asoschisi Murad Namazov o‘z ustozlaridan olgan bilimlari va tadbirkorlik faoliyati davomida erishgan yutuqlari, hamda kasbiy tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

Seminar-trening qayerda bo‘lib o‘tadi? 
Ushbu seminar-trening 2017 yil 17 yanvar kuni, Namangan shahridagi Yoshlar markazida o‘tkaziladi.

Bu kimlar uchun mo‘ljallangan?   
O‘z biznesini endigina boshlayotgan va biznes olamiga ilk qadam qo‘yayotgan yosh tadbirkorlar treningdan katta taasurot olishadi. Biz ana shunday yoshlarning barchasini taklif etib qolamiz.  

Xo‘sh, seminar-trening sizga nima bera oladi? 
Avvalo, «Biznes o‘zi nima?», degan o‘ta muhim savolga javob olasiz. Bundan tashqari, «Tadbirkorlar kodeksi» haqida, aynan tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan «Bog‘» tushunchasi borasida ham fikr yuritamiz. Seminar davomida “Business Start – yosh tadbirkorlar maktabi” tomonidan tashkil qilingan lotereya o‘yinlari, shuningdek, hamkorlarimiz o‘tkazadigan aksiyada sovg‘alar yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Qo‘shimcha ma'lumotlar  
Seminar-treningda qatnashishni istagan barcha tadbirkorlarimiz va yoshlarimiz ushbu trening bo‘ladigan kungacha quyidagi ko‘rsatilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari, telegram kanalimizga yozishlari, Facebook'da yoki saytimiz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Quyidagi havolalar orqali Facebook’dagi guruhimizga qo‘shiling va sahifamizga like bosing. Do‘stlaringizni Telegram’dagi kanalimizga taklif qilishni ham unutmang.

Facebook: facebook.com/bizstart.uz
Facebook guruh: facebook.com/groups
Telegram: telegram.me/bizstart
Saytimiz: www.bizstart.uz
Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi so‘rovnomani to‘ldiring: 
So‘rovnoma

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid