2018 yil 2 aprel kuni Adliya vazirligida ommaviy axborot vositalari vakillari uçun “Axborot tarqatişda inson huquqlarini ta'minlaş” mavzusida seminar-trening taşkil etildi. Unda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari, şu jumladan ilğor internet naşrlari (Kun.uz, Uz24.uz, “Norma”, “Darakçi” va h.k.) vakillari iştirok etişdi. 

Seminar-treningda jurnalistlar tomonidan axborot tarqatiş jarayonida yöl qöyilayotgan va inson huquqlari buzilişiga olib kelişi mumkin bölgan kamçiliklar tahlil qilindi, materiallar tayyorlaşda fuqarolarning şa'ni va qadr-qimmatini yoki işçanlik obrösini tahqirlaş yoki şaxsiy hayotiga aralaşiş holatlariga yöl qöyib bölmasligi haqida fikr almaşildi.  

Seminar-treningda sözga çiqqanlar, xususan Özbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oliy sud vakillari bugungi kunda OAVlar faoliyatida notöğri axborot tarqatiş, sudning qarori qonuniy kuçga kirmay turib, uning natijalarini taxmin qiliş va jamoatçilik fikriga ta'sir körsatiş, aybi hali sudda isbotlanmagan şaxsni aybdorga çiqarib qöyiş hamda inson huquqlarini boşqaça tarzda buziş holatlari uçrayotgani va bu huquqiy-demokratik jamiyatda yöl qöyib bölmaydigan hodisa ekanligini ta'kidladilar. 

Öz navbatida ommaviy axborot vositalari vakillari, xususan Kun.uz internet naşri, “Soliq va bojxona xabarlari”, “Adolat közgusi” kabi bosma naşrlar vakillari davlat organlaridan axborot olişda, sud majlislarini yoritişda qiyinçiliklarga duç kelayotganlari, huquqiy mavzulardagi materiallar tayyorlaşda huquqşunos ekspertlar yordamiga ehtiyoj borligi haqida gapirdilar.  
  


Adliya vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan jurnalistlarga ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvçi qonun hujjatlari normalarining mazmuni tuşuntirildi va ularni töğri qöllaş yuzasidan tavsiyalar berildi. Şuningdek, axborotni tarqatişda fuqarolarning ismiga, öz tasviriga (foto/video) bölgan huquqlarini va umuman inson huquqlarini buzişi mumkin bölgan holatlar misollar bilan tuşuntirib berildi, bu yönalişdagi noqonuniy harakatlar uçun qonunlarda javobgarlik belgilangani ma'lum qilindi.  

Şuningdek, tadbir qatnaşçilariga “Ommaviy axborot vositalari uçun axborot tarqatişda inson huquqlarini ta'minlaş böyiça qöllanma” tarqatildi.  Muhokamalar davomida OAV vakillari Adliya vazirligi va boşqa davlat organlari mas'ul xodimlaridan özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Seminar-trening yakunlari böyiça OAV vakillari jurnalistlar uçun şunday tadbirlar zarurligini ta'kidladilar, OAVlar faoliyatini nazorat qilişga vakolatli taşkilotlar, huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan jurnalistlar örtasida muloqotni doimiy ravişda yölga qöyiş maqsadida Adliya vazirligi qoşida Jurnalistlar klubini taşkil etişga kelişib olindi.