Ma'lum bo‘lishicha, bugun, ya'ni 2021 yil 11 aprel – yakshanba dam olish kunida Toshkent viloyatining Nurafshon shahridagi Yoshlar ittifoqi binosida viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, tuman-shaharlarning sektor rahbarlari va boshqa davlat tashkilotlarining bir qator xodimlari ishtirokida «kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasida seminar-trening» o‘tkazilmoqda.
Kun.uz manbasining ma'lum qilishicha, viloyatdagi shahar va tuman hokimliklari tashkiliy nazorat guruhi rahbarlariga 11 aprel kuni soat 09:30da viloyat yoshlar markazida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasida seminar-trening o‘tkazilishi rejalashtirilgani, unda shahar va tumanlardan 4ta sektor rahbarlari viloyat yoshlar markaziga soat 09:30dan kechikmasdan kelishini ta'minlash so‘ralgan. Shuningdek, mas'ullarga ushbu xabarni boshqa guruhlarga (har xil kanallarga) tarqatmaslik haqida ham eslatiladi.

Yig‘ilishda ishtirok etayotganlardan biri shaxsi sir saqlanishini so‘ragan holda yig‘ilishda 88ta sektor rahbarlari (22ta tuman-shahardan 4ta sektor rahbarlari), Bosh prokuratura, viloyat prokuraturasi, viloyat hokimligidan tashqari Markaziy saylov komissiyasi a'zolari ham ishtirok etayotganini ma'lum qilgan.
Seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori va Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova ham ishtirok etayotgani qo‘shimcha qilingan.
«Ertalabdan chaqirib olishgan, 200ga yaqin ishtirokchi bor, o‘zi shundog‘am ish kunlarimiz turli majlislarda o‘tadi, haftada bir kun oilamiz uchun vaqt ajratmoqchi edik, ammo shuni ham ko‘p ko‘rishmoqda. Shuncha odamning oilasi bu kabi mantiqsizlikdan norozi bo‘lib o‘tirgan bo‘lsa ajab emas, bu kabi oxiri ko‘rinmayotgan majlisbozliklarning ish samaradorligiga zarari tegsa tegadiki, foydasi tegmaydi», deydi manba.
Soat 9:30da boshlangan yig‘ilish soat 16:00ga qadar davom etishi ma'lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kungi selektorda majlisbozliklar ko‘payib ketganini qattiq tanqid qilib, ruxsatsiz majlis qilgan rahbarlar ishdan ketishini aytgandi.
«Ko‘p amaldorlar majlisbozlikka kasal bo‘lgan. Buni davolaymiz. Bugundan boshlab majlis qilmoqchi bo‘lgan hokimlar administratsiyadan ruxsat olib, uzog‘i 40 daqiqalik majlis o‘tkazishi mumkin. Ruxsatsiz majlis o‘tkazgan amaldorlar ishdan ketadi»,








