Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Florida aeroportidagi otishmadan keyin yana 37 kishi jabrlandi
AQSh hukumati AQShning Fort-Loderdeyl shahri (Florida shtati) aeroportidagi otishmadan keyin yuzaga kelgan sarosima oqibatida yana 37 kishi jabrlanganini ma'lum qildi. Bu ma'lumot shahar joylashgan Brouard okrugi sherifi boshqarmasining tvitterda joylashtirgan xabarida aytilgan.
"5 kishi halok bo‘ldi. Dastlab 8 kishi yaralangandi. Yana 37 kishi voqeadan keyin jarohat olgan", deb aytilgan xabarda.
AQSh telekanallari tomonidan namoyish qilinayotgan lavhalarda aeroportda otishma yuz bergani haqidagi xabardan keyin sarosima boshlanganini ko‘rish mumkin bo‘lgan. Odamlar aeroportni shosha-pisha tark etganlar. Ba'zi joylarda tiqilinch yuzaga kelgan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, aeroportdagi otishmani Iroqdagi operatsiyalarda ishtirok etgan sobiq harbiy Esteban Santyago sodir etgan.
Associated Press axborot agentligining ma'lum qilishicha, qotil o‘tgan yilning noyabrida Federal qidiruvlar byurosi xodimlari bilan suhbatlashgan. Suhbat chog‘ida Santyago uning ongini AQSh hukumati nazorat qilayotgani va ular go‘yoki uni internetda IShID joylashtirgan videoyozuvlarni ko‘rishga majbur qilayotganini aytgan. Bu uchrashuvdan keyin FQB xodimlari politsiyani chaqirtirganlar. Politsiya Santyagoni psixiatrik tekshiruvga yuborgan, biroq tekshiruv natijalari ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
08:47 / 19.05.2026