Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetda Rada deputatining davlat to‘ntarishi haqidagi suhbati paydo bo‘ldi
Oliy Rada deputati Sergey Pashinskiy Dnepropotrovsk viloyati gubernatorining sobiq o‘rinbosari Gennadiy Korbanga Ukraina hukumatini egallab olishni taklif qilgan. Ukraina prezidenti ma'muriyati rahbarining sobiq o‘rinbosari Andrey Portnovning Facebook sahifasida e'lon qilgan telefon suhbatining yozuvi shunday deyishga asos bo‘lmoqda.
«Strana.ua» nashrining yozishicha, suhbat bo‘lib o‘tgan 2014 yil kuzida oligarx Kolomoyskiyning ishonchli vakili hisoblangan Korban Dnepropetrovsk viloyat ma'muriyatida o‘z lavozimini egallab turgan edi.
Muloqotda Pashinskiy suhbatdoshiga hukumatni egallab olishni va «mamlakat farovonligi uchun davlatni boshqarish»ni taklif etgan. Bunga javoban, Korban asabi chiqadi va «bunaqa narsalarni gapirmaslik»ni so‘raydi.
Pashinskiy bunga javoban Poroshenkoning «do‘sti» ekanini ta'kidlaydi. «Biz hukumatni prezident uchun egallaymiz», — degan u. Shu bilan birga, deputat Poroshenko atrofidagi, o‘z nazdida dushmanlarni «birinchi bo‘lib otish»ini aytadi. «Ular hech narsani bilmaydi. Hatto o‘g‘irlashni ham eplasholmaydi!» — deb qo‘shimcha qilgan Pashinskiy.
Ukraina Bosh prokuraturasi 2017 yil 4 yanvarda ma'lum qilganidek, Pashinskiy Yevromaydon chog‘ida sodir etilgan otishmalar bilan bog‘liq jinoiy ishlarga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Tergov tomoni 2014 yil 18 fevralida Pashinskiy Maydon ishtirokchilari mergan miltig‘ini topib olgan avtomobil egalarining g‘oyib bo‘lishiga yordam berganini aniqlamoqda.
2016 yil iyulida Ukraina Bosh prokurori Yuriy Lutsenko, tergovchilar Maydon faollariga o‘q uzilgan merganlar miltig‘i topilganini ma'lum qilgan edi. U Kiyevning Goloseyev tumanidagi parklardan birida topilgan.
Mavzuga oid
20:02 / 14.07.2026
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko iste’foga chiqarildi
17:50 / 14.07.2026
Ukraina hech qachon okkupatsiyaga rozi bo‘lmasligi lozim – Aliyev
10:50 / 14.07.2026
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026