Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:32 / 07.01.2017
5377
1 daqiqa o‘qiladi
Moskva mehmonxonasida ro‘y bergan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi
Foto: TASS
Rossiyaning Moskva shahar shimoli-sharqidagi mehmonxonada yuz bergan yong‘inda bir kishi hayotdan ko‘z yumgan, 9 kishi jabrlangan. Bu haqda TASS agentligi huquq idoralaridagi manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Poytaxt FVV boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, yong‘in yuz bergan hududning umumiy maydoni 700 kvadrat metrni tashkil etadi.
Fojia yuz bergan joyda tibbiy yordam bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatgan, binodan ko‘chirilgan odamlarni isitish uchun avtobuslar chaqirilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish