Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada zaxm bilan kasallanish miqdori keskin oshib ketdi
Yaponiyada zaxm (sifilis) jinsiy kasalligi bilan kasallanish miqdori 77 foizga oshib ketdi, deb ma'lum qildi Yaponiya sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik mutaxassislari ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda "Kiodo" axborot agentligi.
Mutaxassislar mamlakat shifoxonalari statistikasidan foydalanib, 2016 yil dekabri boshida zaxm kasali tashxisi qo‘yilgan kasallar soni 4259 nafarga yetganini hisoblab chiqishgan, vaholanki 2015 yilda bunday kasallar 2412 nafar bo‘lgan. Tadqiqotda ta'kidlanishicha, zaxmning onadan bolaga o‘tish holatlari ko‘payib ketgan. Avval Yaponiyada bunday holatlar kamdan-kam uchragan.
Mamlakatda zaxmning keskin ko‘payib ketishi sabablari oxirigacha aniqlanmagan, biroq bu asosan yoshlar o‘rtasida jinsiy munosabatlardagi o‘zgarishlar, jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan davlatlardan sayyohlarning ko‘payishi bilan bog‘lanmoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, zaxmning tarqalishi Tokioning Sindzyuku tumanida avj olgan, chunki bu yerda tungi hayotning ko‘plab ko‘ngilochar maskanlari mujassamlashgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026