Bugun Shveytsariyaning Tsyurix shahrida FIFA tomonidan 2016 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazilmoqda.
Dastlab, FIFA tomonidan 2016 yilning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoasi e'lon qilindi.
Tarkibda 9 nafar futbolchi Ispaniya chempionati vakili, shundan 5 nafari «Real», 4 nafari «Barselona» vakili. O‘tgan mavsumda yorqin o‘yin namoyish etgan va yil futbolchisi bo‘lish uchun da'vogar Antuan Grizmannga tarkibda joy topilmagan. Kataloniyaliklar jamoasi vakillari taqdimot marosimiga kelmagan.
Ramziy terma jamoa: Manuel Noyyer («Bavariya») – Dani Alves («Yuventus»), Serxio Ramos («Real»), Jyerar Pike («Barselona»), Marselo («Real») – Toni Kroos, Luka Modrich (har ikkisi «Real»), Andres Inesta («Barselona») – Krishtianu Ronaldu («Real»), Leonel Messi, Luis Suares (har ikkisi «Barselona»).