Angliya: «Tottenhem» Çempionlar ligasi yöllanmasi uçun kuraşda qolmoqda

«Fulhem» – «Mançester Siti» 0:4
Gollar: 0:1 – 13 Gvardiol, 0:2 – 59 Foden, 0:3 – 71 Gvardiol, 0:4 – 90+6, penalti Alvares.
«Fulhem» – Leno, Kastan, Diop, Bassi, Robinson, Pereyra (Uilson, 74), Palinya, Villian (Traore, 46), Dekordova-Rid (Kerni, 46), Ivobi, Rodrigo Muniz (Broya, 67).
«Mançester Siti» – Ederson, Akanji, Ake (Uoker, 22), Ruben Diaş, Gvardiol, Kovaçiç (Lyuis, 82), de Bryuyne (Doku, 75), Bernardu Silva, Rodri, Foden (Bobb, 82), Holand (Alvares, 82).
Ogohlantirişlar: Diop (78), Robinson (90).
Çetlatiş: Diop (90+5).

«Mançester Siti» özi qoqilişidan umid qilayotganlarni ranjitmoqda, Gvardiol esa hujumçiga aylanmoqda. Londondagi öyinda xorvatiyalik himoyaçi çiroyli gol bilan hisobni oçdi. Qanotdan markazga köçgan futbolçi De Bryuyne bilan devor uslubida öynab jarima maydoniga kirib bordi va bir harakat bilan himoyaçini yöldan olib, töpni böş burçakka joylaştirdi. Xosep Gvardiola öz futbolçilarining qirralarini oçiş mahoratini uşbu futbolçi misolida ham namoyiş etmoqda.

«Şaharliklar» töpga egalik qiliş böyiça yaqqol ustunlikka ega bölişsa-da, yupqa muz ustida yurgandek edi. «Fulhem»ning  birgina zarbasi öta xavfli çiqdi, ammo Rodrigo Munizning zarbasini Ederson qaytarib qoldi, bu vaziyat mehmonlar uçun ogohlik qönğiroği edi. Köp ötmay Foden ustun yoniga yöllagan zarbasi hisobni qulay körinişga keltirdi, keyin Gvardiol yana bir gol bilan öyindagi intrigani butunlay öldirdi, zaxiradan tuşgan Alvares qöşib berilgan daqiqalar söngida özi işlagan 11 metrlik jarima zarbasini aniq ijro etib, hisobni yanada yiriklaştirdi. Xorvatiyalik himoyaçiga het-trik qayd etiş imkoniyati berilgandi, ammo u ştatdagi penaltiçilardan biri bölgan argentinalik hujumçi foydasiga bundan voz keçdi.

Sönggi vaqtlarda köp tanqidga uçrayotgan Holand esa özi ega bölgan öta qulay vaziyatda aniq zarba bera olmadi.

«Siti» qatorasiga yetti uçraşuvda ğalaba qozondi, ularning har birida kamida ikki gol farqi bilan ustunlikka erişilgan, jamoada bunaqasi 2015 yildan buyon kuzatilmagandi. Asosiysi — amaldagi çempionlar yana birinçi öringa kötarildi va «Arsenal» «MYu» bilan öyinda qanday javob qilişini kutadi. Agar «kanonirlar» yakşanba kuni safar öyinida ğalaba qozona olmasa, «Mançester Siti» seşanba kuniyoq çempionga aylanişi mumkin — «Tottenhem»ga qarşi qoldirilgan öyinda. Aks holda çempionlik taqdiri keyingi dam oliş kunlari bölib ötadigan sönggi turda hal böladi.