Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShlik xokkeychilar ketayotgan samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
Milliy xokkey ligasining "Dallas Starz" klubi xokkeychilarini Sent-Luis aeroportidan Los-Anjyelesga olib ketayotgan samolyot orqaga qaytib favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Bellevile News-Democrat nashri xabar bermoqda.
Boeing 737 samolyoti havoga ko‘tarilgandan 5 daqiqa o‘tib uchuvchilar kabinasida tutun paydo bo‘lgani sababli qo‘nishga majbur bo‘lgan.
Aeroport o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘ining aytishicha, tutunning paydo bo‘lishiga elektr tarmog‘idagi muammo sabab bo‘lgan, biroq alanga chiqmagan.
Samolyotda 50 yo‘lovchi, jumladan klub o‘yinchilari va xodimlari bo‘lgan. Xokkeychilar manzilga boshqa samolyotda uchib ketganlar. Ular Los-Anjyelesda mahalliy "Los-Anjyeles Kingz" jamoasi xokkeychilari bilan uchrashadilar.
Mavzuga oid
08:22
O‘ta boy aholi soni eng tez o‘sgan davlat ma’lum bo‘ldi
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
20:10 / 04.06.2026
Rossiya va AQSh Alyaska va Chukotka o‘rtasidagi tunnel bo‘yicha shartnoma imzolashi mumkin
08:51 / 04.06.2026