Jahon | 08:58 / 09.01.2017
6392
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada bir hafta ichida 100 nafar mahbus o‘ldirildi

Braziliyada bir hafta ichida o‘ldirilgan mahbuslar soni taxminan 100 kishini tashkil qildi, deb xabar beradi “Frans Press” agentligi.

Xabarga ko‘ra, Braziliyaning Manaus shahridagi qamoqxonada yakshanba kuni to‘rt nafar mahkum o‘ldirilgan.

Avvalroq, mamlakatdagi yana bir qamoqxonada ro‘y bergan tartibsizliklar vaqtida kamida 33 mahbus halok bo‘lgandi. Hodisa Rorayma shtatida yuz bergan.

Shuningdek, Manaus shahridagi qamoqxonada 17 soatdan ortiq davom etgan isyon vaqtida 60 kishi qurbon bo‘lgani ham ma'lum qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid