Jamiyat | 10:19 / 09.01.2017
4889
2 daqiqa o‘qiladi

Tadqiqot: "Rossiya 1" tomoshabinlari soni bo‘yicha Birinchi kanalni ortda qoldirdi

foto: Fotolia

2016 yili "Rossiya 1" telekanali ilk marotaba tomoshabinlari soni bo‘yicha "Pervyy" kanalni ortda qoldirdi. Bu haqda "Kommersant'" nashri Mediascope (sobiq TNS Rossiya) kompaniyasiga asoslangan holda yozmoqda.

""Rossiya 1" telekanalining bir yillik o‘rtacha tomoshabinlari 13,4 foizdan 13,6 gacha ko‘tarilgan, "Birinchi" kanalning bu boradagi ko‘rsatkichi 14,3 foizdan 13,3 foizga pasaygan. To‘rt yoshdan katta tomoshabinlar soni bo‘yicha ham "Rossiya 1" 12,9 foizlik natija bilan birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Birinchi" yilni 12,7 foizlik raqam bilan yakunladi", — deyiladi nashr keltirgan ma'lumotlarda. 

Gazetaga ko‘ra, bungacha Birinchi kanal Rossiya telebozoridagi yetakchiligini faqat bir marta boy bergan. 2012 yilda uning o‘rnini NTV egallagandi. 

Biroq, alohida ta'kidlanishicha, 2016 yildagi 10 ta eng mashhur teledasturning 9tasi Birinchi kanal tomonidan namoyish etilgan. 

Nashrning qayd etishicha, so‘nggi yillarda yirik federal telekanallar Rossiya telebozoridagi ulushini yo‘qotmoqda. Agar besh yil muqaddam, Birinchi kanal, NTV va "Rossiya 1" teletomoshabinlarning salkam yarmini jalb qilgan bo‘lsa, 2016 yil natijasiga ko‘ra — 36 foizga yaqinni tashkil etmoqda. 

Birinchi kanal vakili, o‘z navbatida, "Kommersant'"ga bildirishicha, telekanal rahbariyati, avvalgidek, Mediascope tadqiqotlariga ishonmaydi.

2016 yil dekabr oyi o‘rtalarida Mediascope (TNS Rossiya) Rossiyadagi teleo‘lchovlar bilan shug‘ullanuvchi yagona tashkilot sifatida tanlangan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid