Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Rossiya aviaqatnovlar borasida kelisha oladimi?
Tojikiston aviatsiya boshqaruvi Rossiya tomoni bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar yuzasidan vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilishni davom ettirishga tayyor. Shu maqsadda, Rossiya vakillari Dushanbega taklif etildi, degan Tojikiston transport vaziri Sherali Ganjalzoda RIA Novosti agentligiga.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya transport vazirligi Tojikiston hukumati "Yamal" aviakompaniyasiga Podmoskovedagi "Jukovskiy" xalqaro aeroportidan parvozlarni amalga oshirishga ruxsat bermagani uchun javob choralarini qo‘llagan edi. Unga ko‘ra, 23 dekabrdan Tojikistonning "Somon Eyr" aviakompaniyasiga Rossiyaning qator mintaqalariga parvozlari uchun berilgan litsenziya to‘xtatilgan edi. Tojikiston tomoni "Yamal" aviakompaniyasi bilan sudlashish hamda "Somon Eyr" tomonidan Rossiyaga qarshi sudga murojaat qilinishi mumkinligini rad etmagan edi.
"Biz aviaqatnovlar bilan bog‘liq muammoni hal etish uchun muzokaralarni davom ettirishga tayyormiz. Ammo, "Yamal" aviakompaniyasining Jukovskiy aeroportidan Dushanbe va Xo‘jand shaharlariga parvozi yuzasidan nuqtainazarimiz o‘zgarmaydi", — degan Ganjalzoda agentlikka.
Tojikiston tomoni "Yamal"ga ruxsat bermasligini o‘zaro tenglik bo‘lmagani bilan izohlamoqda.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026