Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyaning sobiq prezidenti Roman Hertsog vafot etdi
Germaniya Federativ Respublikasining sobiq davlat rahbari Roman Hertsog (Roman Herzog) 82 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda DPA agentligi.
Hertsog 1994-1999 yillarda Germaniya prezidenti bo‘lgan.
Roman Hertsog 1934 yil 5 aprelda dunyoga kelgan. U mamlakatida yurist va siyosatchi sifatida tanilgan edi.
Roman Hertsog 1994 yilda GFR prezidentligiga saylandi. 1996 yilda Hertsog milliy-sotsialistlar qurbonlari xotirasi kunini nishonlash tashabbusi bilan chiqdi. Uning 1997 yilda islohotlar o‘tkazishga doir Berlinda qilgan ma'ruzasiga siyosatchilar ko‘p bora murojaat qilishadi. 1999 yilda Hertsog ikkinchi muddatga saylanish imkoniyatidan voz kechib, iste'foga chiqqan edi.
Mavzuga oid
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
18:18 / 12.01.2026
Rossiya-Ukraina urushi davomiyligi bo‘yicha SSSR-Germaniya urushiga tenglashdi
13:13 / 10.01.2026