Pistorius Ottavada bölib ötgan CANSEC qurollaniş va xavfsizlik konferensiyasida iştirok etdi. Dpa agentligi ma’lumotiga köra, Germaniya mudofaa vaziri Kanada tomonini nemis suvosti kemalarini xarid qilişga qiziqtirişga harakat qilgan.
Kanada boş vaziri Mark Karni mamlakat iyun oyi oxiriga qadar suvosti kemalarini sotib oliş böyiça köp milliardli şartnoma yuzasidan qaror qabul qilişini ma’lum qildi.
Buyurtma uçun Thyssenkrupp kompaniyasining TKMS Canada şu’ba korxonasi kuraşmoqda. Kompaniya Norvegiya bilan 212 CD rusumidagi yangi suvosti kemalarini quriş böyiça hamkorlikni yölga qöygan va uşbu loyihani Kanadaga ham kengaytirişni rejalaştirmoqda.
Pistoriusning ta’kidlaşiça, Germaniya va Kanada Şimoliy Atlantika, Arktika hamda Uzoq Şimol hududlarida xavfsizlikni birgalikda ta’minlaşni maqsad qilgan.
Uning sözlariga köra, 12 ta suvosti kemasini quriş minglab yangi iş örinlari yaratişi mumkin. Şuningdek, loyiha NATO uçun ham muhim strategik aktivga aylanişi ta’kidlangan.
Xabarda aytilişiça, Kanada hukumati şu bilan bir vaqtda Şvetsiyaning Saab GlobalEye razvedka samolyotlarini sotib oliş böyiça muzokaralarni ham boşlagan. Germaniya ham uşbu samolyotlarni xarid qiliş imkoniyatini körib çiqmoqda.
Kanada, Germaniya, Norvegiya va Daniya “Dengiz xavfsizligi böyiça hamkorlik” taşabbusi doirasida hamkorlik qilib kelmoqda.











