Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr O‘zbekistonga yangi elchi jo‘natdi
2017 yilning 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Misr Arab Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Amani al-Itrni qabul qildi.
Elchi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Suhbat davomida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston-Misr hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e'tibor qaratilib, o‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish va turizm sohasini rivojlantirish borasida tajriba almashishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Mavzuga oid
12:44 / 06.12.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan shaxs Misrda ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
12:34 / 02.12.2025
O‘zbekiston va Misr Sayfiddin Qutuz haqida qo‘shma film suratga oladi
12:41 / 28.11.2025
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
18:07 / 27.11.2025