2017 yilning 10 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Misr Arab Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elçisi Amani al-Itrni qabul qildi.

Elçi işonç yorliqlari nusxalarini topşirdi.

Suhbat davomida ikki va köp tomonlama şakllardagi Özbekiston-Misr hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muloqot çoğida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning istiqbolli yönalişlariga alohida e'tibor qaratilib, özaro munosabatlarning şartnomaviy-huquqiy asosini kengaytiriş va turizm sohasini rivojlantiriş borasida tajriba almaşişdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.