Jahon | 16:55 / 10.01.2017
7057
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh harbiylari Polshaga kelishni boshladi

Foto: EPA

AQSh harbiy xizmatchilari Polshaning Vrotslav shahridagi harbiy bazaga kelishni boshladi. Ular NATOning sharqiy chegarasini mustahkamlashga qaratilgan "Atlantika qat'iyati" (Atlantic Resolve) dasturi doirasida ushbu mamlakatga tashrif buyurishmoqda. Bu haqda Britaniyaning The Independent nashri yozmoqda.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, "AQSh harbiylaridan iborat bo‘linma yaqin istiqbolda Polshaning g‘arbidagi ikkita mashg‘ulotlar markaziga joylashtiriladi. Shundan so‘ng, mintaqadagi oltita boshqa davlatga yuboriladi".

Ilk guruh ortida Polshaga 2,8 ming dona tank va boshqa turdagi jangovar texnikalar olib kelinadi. Ular Germaniyadan quruqlik orqali keltiriladi. 

Bu qadamlar "Qo‘shma Shtatlarning alyansni mustahkamlash va bu mintaqada tinchlikni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini yaqqol namoyon qiladi", - deya AQSh armiya qo‘mondoni o‘rinbosari Timoti Makguayr so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Independent gazetasi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid