Jamiyat | 15:24 / 10.01.2017
11970
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi yong‘in oqibatida halok bo‘ldi

Rossiyaning Tolyatti shahrida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi yangi yil kechasi kabob pishirish chog‘ida halok bo‘ldi.

Ma'lum bo‘lishicha, shaharning Komsomolsk tumanidagi garajlardan birida 31 dekabr kuni kuchli yong‘in chiqqan, u yerdan ikki jasad topilgan.

Huquqni muhofaza qilish organidagi manbaga ko‘ra, halok bo‘lganlar 52 va 50 yoshdagi O‘zbekiston fuqarolari. Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, ular yangi yil oqshomi garajning o‘zida kabob pishirishga qaror qilishadi. Buning oqibatida kelib chiqqan yong‘inda har ikki o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.

Jinoiy ish qo‘zg‘atilmadi, tekshiruv o‘tkazilmoqda, - deb xabar berdi «Volga Nyus».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid