Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 3 yoshli qirg‘izistonlik bolaning o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Rossiyaning Krasnoyarsk shahridagi tumanlardan birining tergov bo‘limi tomonidan 2013 yilda tug‘ilgan, qirg‘izistonlik 3 yoshli bola hatna qilingandan keyin o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligida ma'lum qilindi.
Hatna qilish Sharq xalqlari hamda islom va iudaizm dinlariga xosdir. Olimlarning fikricha, hatna qilish OIV bilan kasallanish xatarini 60 foizga kamaytiradi. Biroq oxirgi vaqtlarda, turli davlatlarda bu muolajani taqiqlash tendensiyasi kuzatilmoqda.
Rossiya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, bolakayning 31 yoshli onasi tanish jarrohi bilan o‘g‘lini hatna qildirishga kelishib olgan. Operatsiyani uyda o‘tkazishga kelishilgan.
"Operatsiya oldidan shifokor bolaga og‘riqsizlantiruvchi ukol qilgan, so‘ngra jarrohlik harakatlarini amalga oshirgan. Shundan keyin bolaning ahvoli og‘irlashgan. Ona farzandiga mustaqil ravishda tibbiy yordam ko‘rsatishga harakat qilgan, biroq bola vafot etgan", deyiladi xabarda.
Bolaning o‘limi sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tergov ishlari davom etmoqda.
Ma'lum qilinishicha, bolaning ota-onasi asli qirg‘izistonlik bo‘lib, Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lganlar.
Mavzuga oid
15:15 / 09.12.2025
Toshkentda 31 yoshli erkak xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi
20:15 / 11.10.2025
Reportaj: Chirchiqda tug‘ilgan siam egizaklariga shifoxonadan uyiga javob berildi
08:10 / 09.10.2025
Chirchiqda siam egizaklari shoshilinch ravishda noyob operatsiya orqali ajratib olindi
21:00 / 16.08.2025