Olmazor tumanidagi xususiy klinikada 31 yoşli erkak burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinişiça, erkak joriy yil 12 noyabr kuni burnini operatsiya qildiriş uçun xususiy klinikaga borgan. Marhumning yaqinlariga köra, u nafas olişga qiynalgani uçun burnini operatsiya qildirmoqçi bölgan.

“Qoraqamişda bir klinika bor ekan, dedi. Öşa kuni kelinim, men va öğlim birga ketdik. Soat 11:30 da olib kirib ketişdi. Juda unaqa vahimali operatsiya emas, deyişdi. Negadir yuragim siqildi. Soat 14:00 dan oşyapti hamki, jim-jit. Olib kirişgan vaqti joni uzilgan ekan. Biz soat 15:30 larda bildik. Öz oyoği bilan borib şu ahvolga tuşib ötiribdi bolam”, degan marhumning onasi.

“Men ahamiyat berganimda “operatsionniy” kiyim umuman yöq. Qora futbolka va eski şalvarida yotibdi. Yordamçi apparatini ham körmadim. Yuzlari, qonlari artilmagan. Bir oilaning boşliği ketdi. Ikkita norasida gödak qoldi. Bilasizlarmi, dunyoda eng oğir narsa nima, bolasining tobutini kötariş. Men buni duşmanimga ham ravo körmayman”, degan marhumning otasi közda yoş bilan.

Erkak operatsiyadan oldin analiz topşirgan va şifokorlar jarrohlik amaliyotiga ruxsat berişgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, bemorning ölimiga anafilaktik şok sabab bölgan, yurak noma’lum sababga köra töxtab qolgan. Marhumning yaqinlariga köra esa unga narkozni köp berib yuborişgan. Ular uşbu klinika faoliyatini davom ettirayotganidan, voqeadan söng şu paytgaça hamdardlik ham bildirmaganidan norozi ekanini aytgan.

Ayni paytda Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergov işlari olib borilayotgani bildirilgan.

Holat yuzasidan boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov munosabat bildirdi. Unga köra, 2025 yil 29 noyabr kuni xususiy klinika şifokorlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Şuningdek, Olmazor tumani sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati bölimining tegişli qaroriga asosan xususiy klinika faoliyati rasman töxtatilgan.

Qöşimça qilinişiça, tergov harakatlari har tomonlama, töliq va xolisona ötkazilişi va natijasi böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi.