Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Caudiya Arabistoni tomonidan Haj kvotasi oshirildi
Saudiya Arabistonida bir qancha musulmon mamlakatlarining Haj va Umra ishlari bo‘yicha mas'ullari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari vaziri Doktor Muhammad bin Solih bin Tohir Bintin so‘zga chiqib, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz tomonidan Haj ziyoratchilari sonini oshirishga doir rozilik bitimi imzolanganini ma'lum qildi.
O‘tgan 2016 yilgi Haj mavsumida 1 325 372 nafar chet ellik va 537 537 nafar Saudiya Arabistoni fuqarolari, umumiy hisobda esa 1 862 909 kishi Haj ibodatini amalga oshirgan edi. Bu ko‘rsatkich, oxirgi 10 yillikdagi eng kam ko‘rsatkich bo‘ldi.
Qiyoslash uchun 2007 yilda 1,7 milliondan ortiq chet ellik va 746 511 nafar Saudiya fuqarolari, umumiy hisobda 2,4 mln kishi Haj amalini bajarganini eslash yetarlidir.
Avvalroq, mamlakatning haj ishlari bo‘yicha vazirligi Makkadagi Al-Harom masjidining maydonini kengaytirish ishlari sababli 5 yil davom etgan cheklovlardan keyin joriy yilda qo‘shimcha 800 ming kishini qabul qilmoqchi ekani haqida xabar berilgan edi.
Mohira ZUFAROVA,
Xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026