Iqtisodiyot | 12:13 / 13.01.2017
8146
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda yangi avtomobillar savdosi bo‘yicha rekord o‘rnatildi

Xitoyda yangi avtomobillar savdosi bo‘yicha rekord o‘rnatildi, deb xabar qiladi Xinhua mamlakat avtomobil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasiga asosan. Davlatda o‘tgan yil davomida 28,03 million mashina o‘z xaridorini topgan. Bu 2015 yil bilan taqqoslaganda 13,7 foizga ko‘proq.

Foiz nuqtai-nazaridan bu 2013 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Shuningdek, mamlakatda mahalliy avtomobil sanoati tarixida ishlab chiqarilgan transport vositalari bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Xitoy zavodlari 2016 yilda 28,12 million mashinani chiqardi, bu bir yil avvalgi natijadan 14,5 foizga oshiqroq.

Sotuvlarning oshishi ixcham avtomobillar xaridiga bo‘lgan soliqlarning kamayishi bilan bog‘liq. Xitoy hukumati 2015 yilning oktabrida bu soliqlarni deyarli yarmiga qisqartirdi – besh foizgacha. Kamaytirilgan soliqlar dvigatel hajmi 1,6 va undan kamroq litr bo‘lgan mashinalarni qamrab oladi.

Mavzuga oid