Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya parlamenti prezidentlik boshqaruv tizimiga o‘tishni tasdiqladi
Turkiya parlamenti boshqaruvning prezidentlik shakliga o‘tuvchi konstitutsiya islohotining asosiy bandlarini tasdiqladi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Asosiy qonunga o‘zgartirishlar kiritish loyihasi Turkiyada respublikaning 1923 yilda tashkil topganidan buyon mavjud bo‘lib kelgan parlament boshqaruvi tizimining o‘rniga prezidentlik tizimini kiritishni nazarda tutadi. Loyiha parlamentga hukmron adolat va rivojlanish Partiyasi tomonidan ko‘rib chiqish uchun kiritilgandi.
Tuzatishlar prezident vakolatini kengaytiradi. Xususan, u farmonlar chiqarish, vazirlarni tayinlash, konstitutsiyaga oid o‘zgartishlar masalasini referendumga olib chiqish huquqini qo‘lga kiritadi. Shu bilan bir qatorda, davlat rahbari partiyaga a'zoligini to‘xtatmasligi ham mumkin. Bu esa amaldagi normalarga ziddir.
Turkiya parlamenti bandlar bo‘yicha tuzatishlarni qabul qilganidan so‘ng, ularni referendumga olib chiqadi. Bu holat unga 330dan ortiq deputat ovoz bersagina yuz beradi. Kutilishicha, ARP hamda milliy harakat Partiyasi umumiy hisobda parlamentda 355 o‘ringa ega.
Muxolif Xalq-respublika va xalqlar demokratiyasi Partiyalari esa Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘anni yagona hukumatni o‘rnatishga intilishda ayblamoqda.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026