O‘zbekiston | 12:45 / 13.01.2017
31272
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston mosh eksporti hajmini oshirdi

Foto: Loyal Trade Partners

2016 yili O‘zbekiston bo‘yicha 2015 yilga nisbatan uch barobar ko‘proq, ya'ni 67 ming tonnadan ziyod mosh eksport qilindi.

Jumladan, “O‘zagroeksport” AJ hamda “Shri Niwas Dall And Besan Mill”, “Green Field Agro”, “Avika Foods” va “Eco Green Import&Export” kompaniyalari o‘rtasida tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida Hindistonga 2016 yil to‘rtinchi choragidan boshlab mosh mahsuloti eksport qilinmoqda.

Mahsulot asosan Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridan yuklanmoqda.

2017 yil yanvar oyining birinchi o‘n kunligida “O‘zagroeksport” AJ tomonidan Hindistonga jami 300 tonnaga yaqin mosh mahsuloti eksportga yuklangan bo‘lib, oy oxirigacha yana 2 ming tonna moshni eksport qilish buyurtmasi ustida ish olib borilmoqda.

Hindistondagi hamkorlar taklifiga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonning turli hududlariga sinov tariqasida moshning yangi navlari, xususan, “Black Matpe” navi ekilib, eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid