2016 yili Özbekiston böyiça 2015 yilga nisbatan uç barobar köproq, ya'ni 67 ming tonnadan ziyod moş eksport qilindi.

Jumladan, “Özagroeksport” AJ hamda “Shri Niwas Dall And Besan Mill”, “Green Field Agro”, “Avika Foods” va “Eco Green Import&Export” kompaniyalari örtasida tuzilgan töğridan-töğri şartnomalar asosida Hindistonga 2016 yil törtinçi çoragidan boşlab moş mahsuloti eksport qilinmoqda.

Mahsulot asosan Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toşkent, Farğona va Xorazm viloyatlaridan yuklanmoqda.

2017 yil yanvar oyining birinçi ön kunligida “Özagroeksport” AJ tomonidan Hindistonga jami 300 tonnaga yaqin moş mahsuloti eksportga yuklangan bölib, oy oxirigaça yana 2 ming tonna moşni eksport qiliş buyurtmasi ustida iş olib borilmoqda.

Hindistondagi hamkorlar taklifiga köra, joriy yilda Özbekistonning turli hududlariga sinov tariqasida moşning yangi navlari, xususan, “Black Matpe” navi ekilib, eksport qilinişi rejalaştirilgan.