Prezidentning “Fitosanitariya tartib-taomillarini soddalaştiriş hamda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiliş jarayonlarini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ–193-son qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, tadbirkorlarning yuklarini körik uçun omborlarda saqlaş bilan boğliq xarajatlari 60 milliard sömgaça qisqartiriladi.

Şuningdek, fitosanitar xavf darajasi örta bölgan import tovarlarini nazorat qilişga ketadigan vaqt örtaça 3 iş kunidan 1 iş kunigaça qisqartiriladi.

2026 yil 1 avgustdan boşlab karantin mahsulotlari böyiça fitosanitar nazoratda xavflarni boşqarişga asoslangan tanlab olişning avtomatlaştirilgan mexanizmi joriy etiladi.

Bu tizim E-Fitouz elektron portali orqali şakllantiriladi va Bojxona qömitasining “Yagona darça” axborot tizimi bilan töğridan-töğri integratsiya qilinadi.

Şu bilan birga, 2026 yil avgust oyidan sinov tariqasida meva-sabzavot yetiştirişga ixtisoslaşgan ayrim tumanlarda mahsulotni yetiştirişdan tortib eksportgaça bölgan jarayonda fitosanitar nazoratni amalga oşiriş uçun jamoatçi inspektorlar faoliyati yölga qöyiladi.

Qarorga muvofiq, 2029 yil 1 yanvardan boşlab meva-sabzavot mahsulotlari eksporti faqat agrologistika markazlari orqali amalga oşiriladi.