Jahon | 12:17 / 14.01.2017
8319
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda 18 yil muqaddam tug‘ruqxonadan o‘g‘irlangan qiz topildi

AQShning Janubiy Karolina shtati huquqni himoya qilish idoralari so‘nggi 20 yildagi eng shov-shuvli jinoiy ishlardan birini fosh qilishdi. Jeksonvill shahrida 18 yil muqaddam tug‘ruqxonadan o‘g‘irlab ketilgan Kamiya Mobli topilgan, deb yozmoqda Britaniyaning Daily Mail nashri.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, 18 yoshli qiz shu vaqtgacha o‘zini o‘g‘irlagan, 51 yoshli Gloriya Uilyams bilan birga istiqomat qilgan va uni onasi deb o‘ylab yurgan. Uilyams Mobliga soxta hujjatlar to‘g‘rilashning ham uddasidan chiqqan. Biroq, uning tavallud kunini o‘zgartirmagan. Aynan shu narsa, politsiyachilarning "o‘g‘irlangan chaqaloq" ishiga oydinlik kiritishida qo‘l kelgan.

Shundan so‘ng, o‘tkazilgan DNK tahlili huquq-tartibot idoralari xodimlarining taxminini tasdiqlagan. Uilyamsga o‘g‘irlik aybi ilgari surilgan. 

Biroq, hozircha, Kamiya, o‘zining haqiqiy oilasiga qaytish xohishini bildirmagan. Bundan tashqari, Amerika qonunchiligiga ko‘ra, qizning o‘z oilasi bilan birlashishi ikki tomon roziligi bilan amalga oshishi mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid