Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada kuchli qor yog‘moqda: 60ta aviareys bekor qilindi
Yaponiyada kuzatilayotgan kuchli qor tufayli mamlakat ichidagi reyslar bekor qilinmoqda. Noqulay ob-havo mamlakatning deyarli barcha hududida kuzatilmoqda.
JAL (Japan Airlines) va ANA (All Nippon Airways) aviakompaniyalari shimoliy, shimoli-sharqiy yo‘nalishdagi 41ta reysni bekor qildi. Bundan tashqari, janubi-g‘arbiy va g‘arbiy yo‘nalishdagi 16ta reys ham qoldirildi. Parvozlarning bekor qilingani haqidagi ma'lumot aviakompaniya saytlarida tezkorlik bilan berib borilmoqda.
Mamlakatning shimoliy tumanlari va g‘arbiy qirg‘oqlarida kuchli qor yog‘ishi kuzatildi. Shu tariqa, Yaponiyaning deyarli barcha hududida noqulay ob-havo hukmronligi davom etmoqda.
Yamagata prefekturasida qor qalinligi – 2,5 metr, Niigatada – 1,6 metr, Fukuida – 95 santimetrni tashkil qilgan.
Niigata prefekturasidagi tog‘larda yaqin sutkalar davomida taxminan 100 santimetr, Xonsyu orolidagi Kanto tumanida – 70 santimetr, Xokkaydoda esa – 40 santrimetrlik qor yog‘ishi kutilmoqda. Sinoptiklarning taxminiga ko‘ra, keyingi sutkalar davomida ham qor yog‘ishi davom etadi.