Samsung Galaxy S8 Edge smartfonining ko‘rinishidagi ba'zi jihatlar oshkor bo‘ldi
Yangi Samsung Galaxy S8 smartfonining anonsiga sanoqli kunlar qoldi, shuning uchun mobil qurilmalarga aksessuarlar sotuvchi kompaniyalar assortimentida yangi smartfonning tashqi ko‘rinishini oshkor qiluvchi g‘iloflar paydo bo‘la boshladi. Britaniyaning MobileFun riteyleri saytida sinchkov foydalanuvchilar S8 Edge modeli uchun juda yupqa g‘ilofni payqay olishgan.
Aksessuar Olixar Ultra-Thin Samsung Galaxy S8 Edge Case deb nomlanadi, shuning uchun u, mutaxassislar fikricha, smartfonning asl tashqi ko‘rinishini namoyon qilishi va uning dizaynining yakuniy versiyasiga juda yaqin bo‘lishi mumkin. Old panelda yuqori va pastda juda ingichka chetlar, Home tugmasining yo‘qligi, Samsung yozuvining pastroqqa surilgani, pulsomerli vspishka va smartfonni yoqish tugmasining yangi joylashgan o‘rni ko‘zga yaqqol tashlanadi. Aksessuar suratiga ko‘ra, 3,5 mm li raz'yom qolishi tushunarsiz qolgan. Taxmin qilinishicha, kompaniya bu portdan USB Type-C foydasiga voz kechadi.
Mavzuga oid
22:55 / 29.09.2017
iPhone X uchun uning narxidan qimmatroq g‘ilof yaratildi
00:29 / 28.11.2016
Yangi Samsung Galaxy S8 edge namoyish qilindi
10:40 / 21.10.2016
iPhone uchun "portlovchi" g‘ilof namoyish etildi
17:53 / 08.07.2016