UNIQFIND kompaniyasi iPhone uçun yangi ğilof yaratdi, u yordamida telefonni yonib ketgan Samsung Galaxy Note 7'ga "aylantiriş" mumkin. Bu haqida high-tech.ru'da ma'lum qilindi.
Ğilofda akkumulyator yonişidan jabr körgan Note 7 smartfonining paneli tasviri tuşirilgan. Hattoki Samsung logosining bir qismini ham köriş mumkin.
Aksessuar iPhone 5 va undan keyin işlab çiqarilgan smartfonlarga moslangan.
Samsung kompaniyasi yangi Galaxy Note 7 flagmanini zaryadlaş vaqtida turli muammolarga duç kelgandi. Keyinçalik kompaniya smartfonning “xavfsiz” modelni işlab çiqardi, biroq unda ham akkumulyator bilan boğliq muammolar yuzaga keldi. Natijada bu smartfonni işlab çiqariş hamda uni sotişni töxtatişga qaror qilindi.












