Londonning Stansted aeroportida politsiya smartfon ğilofi qurol körinişida bölgan kişini qölga oldi. Bu haqida Macrumors xabar berdi. 

Londonlik erkak aeroportdagi xavfsizlik tizimidan qurol ğilofli smartfoni bilan ötayotgan bölgan, bu politsiya xodimlarida darhol norozilik uyğotgan. “Öyinçoq” egasi  “muassasa va taşkilotlar faoliyatiga xavf tuğdiriş bilan boğliq jamoat tartibini buzganlikda” ayblanmoqda.

Buyuk Britaniya politsiyasi noodatiy ğilofli smartfon sohiblarini bunday aksessuarlar bilan jamoat joylarida yurmaslikka çorlamoqda, çunki xavfsizlik xodimlari bir qaraşda uzoq masofadan qurolni öyinçoq bilan adaştirişlari mumkin. Şunday holat yuzaga kelgan taqdirda “qurol” egasi uning qöllariga kişan kiydirilişiga tayyor turişi kerak böladi.