Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Halokatga uchragan “Boing-747” samolyotining bitta qora qutisi topildi
Qirg‘izistondagi “Manas” aeroporti yaqinida halokatga uchragan “Boing-747” samolyotining bitta qora qutisi topildi. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar vaziri Kubotbek Boronov “24.kg” axborot agentligiga xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, quti qoniqarli holatda. Xalqaro aviatsiya qo‘mitasi mutaxassislari Qirg‘izistonga ertaga ertalab uchib kelib, ma'lumotlarni tahlil qilishga kirishadi.
Bundan tashqari, Turkiyadan ham ikkita guruh yetib kelishi kutilmoqda.
Mamlakat transport va yo‘llar vaziri Jamshid Kalilov uchta qora qutidan bittasi topilgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.
Ma'lumot uchun, Turkiyaga tegishli yuk samolyoti bugun 7.31 da aviafalokatga uchradi. 37 kishi qurbon bo‘lgani xabar qilingan.
BIShKeKDA SAMOLYoT QULAShI >>>
Mavzuga oid
10:10 / 28.11.2025
Bishkekda Putin tashrifi oldidan Ukraina elchixonasi ulkan LED-ekran ortiga “bekitildi”
22:26 / 11.10.2025
Qirg‘izistonda poytaxtni ko‘chirish haqida gapirildi
15:25 / 12.09.2025
Bishkekda zilzila sodir bo‘ldi
20:58 / 19.08.2025