Iqtisodiyot | 19:04 / 16.01.2017
6324
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada daromad solig‘i 20 foizgacha kamaytirildi

Fransiyada jismoniy shaxslar daromadlari solig‘ining 20 foizgacha kamayishi haqidagi tuzatma kuchga kirdi, deb aytilgan Fransiya iqtisodiyot vazirligi hujjatlarida.
 
Daromad solig‘ining kamaytirilishi oylik daromadi kishi boshiga 1,7 ming yevrodan oshmaydigan 5 mln fransuzga taalluqli bo‘ladi. 

Iqtisodiyot vazirligining ta'kidlashicha, jismoniy shaxslar daromadlari soliqlari 1 mlrd yevrogacha kamayadi, har oylik soliq esa o‘rtacha 200 yevroni tashkil qiladi. 

2016 yil sentabrda Fransiya hukumati prezident saylovlari arafasida jismoniy va yuridik shaxslarga solinadigan soliqlarni kamaytirishga va'da bergandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid