Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Gitler Argentinaga qochgan bo‘lishi mumkin
Natsistlar yetakchisi Adolf Gitler o‘z o‘limini sahnalashtirib, Berlindagi bunkerdan qochgan va Argentinadagi harbiy bazaga maxfiy tarzda yetkazilgan. U bu yerda tarafdorlari bilan 4-reyxni yaratmoqchi bo‘lgan, deb 16 yanvarda History Channel kanalida chiqadigan "Gitler ovi" deb nomlangan ko‘rsatuvga iqtibos keltirgan holda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
"Al-Qoida" yetakchilari Usoma bin Lodin va Abu al-Zarkaviyni yo‘q qilish operatsiyasida ishtirok etgan AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Bob Bayer va maxsus xizmat serjanti Tim Kennedi Gitler qochib ketgan bo‘lishi mumkinligini bilish maqsadida tadqiqot o‘tkazishgan.
Nashrning yozishicha, ular bunkerda avval noma'lum bo‘lgan, aerodromga olib boruvchi 5-chiqish bo‘lganining isbotini topishgan. Ular shuningdek SS zobitlaridan biri Gitlerni Daniyada ko‘rgani haqidagi hujjatlarni aniqlashgan.
Ko‘rsatuvda Argentinada Gitler Janubiy Amerikaga kelganining isboti aniqlangani ta'kidlangan. Tadqiqotchilardan biri Ikkinchi jahon urushidan keyin Argentinaga "o‘n minglab" natsistlar kelganiga ishora qilgan.
Mavzuga oid
15:40 / 12.07.2026
JCh kundaligi. Yana fantastik o‘ynagan Jud, yana qiynalgan Argentina va Emboloda ahmoqona qizil
23:11 / 22.06.2026
Messi - jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar
18:49 / 06.05.2026
Kruiz laynerda tarqalgan hantavirus. Nimalar ma’lum?
21:31 / 08.04.2026