Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:46 / 16.01.2017
12713
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyaning Diyorbakir shahrida portlash ro‘y berdi, qurbonlar bor
Turkiya janubi-sharqidagi Diyorbakir shahrida portlash sodir bo‘ldi. NTV telekanali xabariga ko‘ra, bu hujum oqibatida 3 politsiyachi halok bo‘lib, yana 3 nafari jarohatlangan.
Portlash qo‘lda tayyorlangan qurilma orqali amalga oshirilgan. Bu hodisa shaharning Sur tumani hududidagi mahalliy universitet kampusi oldida ro‘y bergan.
Bu hududda bir necha oylardan buyon Turkiya huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan Kurdiston ishchilar partiyasi tashkilotiga qarshi aksilterror amaliyot olib borilmoqda edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish