Jamiyat | 12:37 / 17.01.2017
14239
1 daqiqa o‘qiladi

Tsukerberg ikki hafta ichida 5 milliard dollarga boyidi

Mark Tsukerbergning boyligi 2017 yilning birinchi ikki haftasida 5 milliard dollarga ko‘paydi. Bu Forbes ro‘yxatidagi milliarderlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga aylandi, deb xabar qildi MarketWatch.
 
Nashrning ta'kidlashicha, Facebook asoschisi bu mablag‘lar bilan Donald Trampning AQShdagi saylovlarda g‘alaba qozonganidan so‘ng, yo‘qotgan pullari o‘rnini to‘la qoplab oldi.

Tsukerberg daromadi Facebook aksiyalari qiymatining jiddiy oshishi tufayli ko‘paygan. 

Ma'lumot uchun, Tsukerberg kompaniyaning 410 million aksiyasidan iborat paketga egalik qiladi. Uning davlati ayni damda 53,8 milliard dollarni tashkil etmoqda. U Forbes ro‘yxatida Bill Geyts, Uorren Baffett, Jyeff Bezos va Amansio Ortegadan so‘ng beshinchi o‘rinda qayd etilgan.

Mavzuga oid