Xitoy Yevropa Ittifoqi o‘z birligini saqlab qolishiga umid qilmoqda
Xitoy hukumati Yevropa Ittifoqi o‘z birligini saqlab qolishiga umid qiladi, deb bayonot bergan XXR TIV rasmiy vakili Xua Chunin.
17 yanvar kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Londonda mamlakatning YeIni tark etishiga bag‘ishlangan yirik ma'ruza bilan chiqish qilishi kutilmoqda. 16 yanvarda Britaniya OAV ushbu ma'ruzaning ayrim qismlaridan iqtiboslar keltirgan edi. Unga ko‘ra, Birlashgan Qirollik YeIga a'zolikning birorta elementini saqlab qolmaydi.
"Xitoy bu borada bosqichma-bosqichlik siyosatini ma'qul ko‘radi. Biz farovon, barqaror, ochiq YeIni ko‘rishni xohlaymiz, uning integratsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Xitoy, Yevropa Ittifoqining birlik va barqarorlik prinsiplariga rioya qilishiga umid qiladi", — degan Xua Chunin.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil 23 iyunda Buyuk Britaniyada YeI tarkibidan chiqish masalasiga bag‘ishlangan referendum bo‘lib o‘tgan edi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 51,9 foiz britaniyaliklar Umumiy Yevropa tashkilotini tark etishni ma'qullagan.
Mavzuga oid
14:58 / 27.12.2024
YeI Rossiyaning «soyadagi floti»ga qarshi yangi sanksiyalar paketini taklif qiladi
13:14 / 25.12.2024
El Pais: Kiyev YeIdan ukrainalik qochqinlarga to‘lovlarni qisqartirishni so‘ramoqda
00:10 / 25.12.2024
Sun’iy intellekt diabet rivojlanish xavfini o‘nlab yillar oldin aniqlashga yordam beradi
03:11 / 24.12.2024